Ushbu maqolada murakkab dasturlarni foydalanuvchilar uchun qulay, kengayuvchan, tushunarli va tartiblangan holda yozishga yordam beradigan fayl strukturasini yaratishni batafsil o‘rganib chiqamiz. Kod bazasini yanada samarali va tushunarli qilish uchun fayllarni tuzishda eng yaxshi amaliyotlarni muhokama qilamiz, bu esa loyihangizni boshqarish va yangilashni osonlashtiradi.
Category
Advanced
React.js
Cover
Slug
advanced-react-file
Date
‣
author
Published
Published
Assalomu Alaykum.
Demak, boshladik! Bilamizki, dasturimiz yoki loyiha kengaygan sari, u tobora murakkablashib, chalkashib boradi. Bu aynan fayllar soni ko'payishi, fayllar joylashuvi, va kodlarning hajmi ortib borishi bilan kelajakda yozilishi, saqlanishi va boshqarilishi qiyin bo'lib qolishi mumkin.
Bunday holatlarda loyiha strukturasini to'g'ri tashkil etish, ayniqsa, turli papkalarga ajratib chiqish, muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kodning takrorlanishini oldini oladi, uni o'qishni va yangilashni osonlashtiradi, hamda loyiha miqyosida tartibni saqlashga yordam beradi.
Dastlab loyihani hajmiga qarab 3 darajaga bo’lib olamiz!.
1-daraja: Fayl turlari bo'yicha guruhlash
2-daraja: Fayl turlari va xususiyatlari bo'yicha guruhlash
3-daraja: Xususiyatlar/modullar bo‘yicha guruhlash
Sodda va tushunarli: Loyiha kichik bo'lsa, fayllarni turlari bo'yicha ajratish oson va mantiqan qulay bo'ladi.
Kamchiliklari:
Kattalashgan loyiha bilan ishlashda murakkablik: Loyihangiz kengaygani sari ushbu yondashuv murakkablashadi, chunki xususiyatlar bir-biriga bog'lanib ketishi mumkin, va ularni boshqarish qiyinlashadi.
Ushbu fayl strukturasi soddaligi bilan ajralib turadi
Agar kelajakda loyiha kengayishda davom etsa ushbu usul ish bermasligi mumkin, kodlarni tartiblashda, yangilash, o’chirish qiyinlashib boradi. Albatta loyiha kattargan sayin keyingi 2 va 3-chi bosqichga o’tish kerak bo’ladi.
2-daraja: Fayl turlari va xususiyatlari bo'yicha guruhlash
Xususiyat bo'yicha guruhlash: Fayllar xususiyatlari bo'yicha ajratiladi, bu esa kodni boshqarishni osonlashtiradi.
Kamchiliklari:
Xususiyatlarning tarqoq bo'lishi: Ba'zi bir xususiyatlarga tegishli kodlar hali ham bir necha papkalarda bo'lishi mumkin, bu esa loyiha kattalashganda qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
Endi bu darajada loyiha yaxshi boshqariladi bir nechta loyihalarni birlashtirish mumkin.
Agar siz loyihani strukturasini darajsini tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz!, men ushbu darajani tavsiya berrar edim.
3-daraja: Xususiyatlar/modullar bo‘yicha guruhlash
Modulga asoslangan arxitektura: Loyihani xususiyatlar yoki modullar bo'yicha ajratish, loyihani murakkablashtirmasdan boshqarishni ta'minlaydi.
Modullarning mustaqilligi: Bir modulni o'zgartirish yoki olib tashlash boshqalariga ta'sir qilmaydi, bu esa texnik qarzlarni kamaytiradi.
Kamchiliklari:
Tajribani talab qiladi: To'g'ri guruhlash qarorlarini qabul qilish uchun biznes mantiqini yaxshi bilishingiz kerak bo'ladi.
Odatda keng ko’lamli loyihalar ustida ishlaganda ushbu strukturadan foydalaniladi. Agar qaysidir modul ichidagi bo’limni o’zgatirmoqchi yoki olib tashlamoqchi bo’lsangiz hammasi oson amalga oshirishingiz mumkin.
Jild nomlariga aniq tushunarli nom bering
Bu juda muhim. Loyihaning o'lchamiga va murakkabligiga qarab, nomlarining aniq va mazmunli bo'lishi loyiha bilan ishlashni yengillashtiradi.
Umumiy Tavsiyalar
Kichik loyihalar: 1-daraja yondashuv yetarli bo'lishi mumkin.
O'rta loyihalar: 2-daraja struktura oson boshqarish imkonini beradi.
Katta va murakkab loyihalar: 3-daraja yondashuv modullarning mustaqilligini va kodni yanada toza saqlashni ta'minlaydi.
Bu yondashuvlar sizga loyihangizni kattalashganda ham boshqarish oson bo'lishiga yordam beradi. Har qanday loyiha uchun to'g'ri strukturani tanlash loyiha muvaffaqiyati uchun juda muhimdir.
Endi yuqorida ishlatilgan papaka nomlari haqida izoh yozib o’taman.
1. public/
Umumiy maqsad: Foydalanuvchiga ko'rinadigan statik resurslar, masalan, rasm va ma'lumotlar fayllarini saqlash.
Ichidagi papkalar:
data/: Statik ma'lumotlar fayllari (json, csv va h.k.) joylashgan papka.
img/: Loyiha uchun zarur bo'lgan rasmlar joylashgan papka.
2. src/
Umumiy maqsad: Barcha manba kodlar (frontend va backend) joylashgan papka. Bu loyiha yuragi hisoblanadi.
assets/: Stilik resurslar, masalan, shriftlar, ikonlar yoki umumiy CSS fayllarini saqlash uchun papka.
modules/: Loyihaning turli xususiyatlariga oid alohida modullar joylashgan papka. Har bir modul o'zining biznes mantiqi va UI komponentlariga ega bo'lishi mumkin.
payment/: To'lov tizimlariga oid kodlar va komponentlar joylashgan modul.
employee/: Xodimlar boshqaruvi yoki HR tizimiga oid kodlar va komponentlar joylashgan modul.
core/: Loyihaning markaziy va umumiy komponentlari, konfiguratsiyalari, xususiyatlari va funksiyalari joylashgan papka.
api/: Backend API qo'ng'iroqlariga oid kodlar yoki so'rovlar bilan bog'liq barcha kodlarni saqlash.
configs/: Loyiha uchun kerakli konfiguratsiyalar (masalan, API URL'lar, environment settings) joylashgan papka.
views/: Umumiy foydalaniladigan UI ko'rinishlari yoki sahifalar (masalan, header, footer, layout) joylashgan papka.
pages/: Loyiha ichidagi sahifalar uchun routing va komponentlar joylashgan papka.
components/: UI komponentlari (masalan, tugmalar, formalar, kartalar) saqlangan papka.
hooks/: Umumiy React hook'lar (masalan, state management, lifecycle hooks) joylashgan papka.
constants/: Loyihada ishlatiladigan har xil konstantalar, masalan, URL'lar, status kodlar, va qoidalar.
lib/: Umumiy foydalanuvchi kutubxonalari yoki yordamchi funksiyalar (helper functions) saqlangan papka.
store/: Redux yoki boshqa state management uchun store'lar joylashgan papka.
services/: Xizmatlar qatlami, ya'ni API bilan ishlovchi yoki biznes mantiqni bajaruvchi kodlar.
utils/: Umumiy yordamchi funksiyalar va utilitlar (helper utilities) joylashgan papka.
Bu tuzilma yordamida loyihangizni yanada tartibli va oson boshqariladigan holatda saqlashingiz mumkin. Har bir papka o'zining aniq va umumiy roliga ega, bu esa kodni qidirish va boshqarishni osonlashtiradi.
Ushbu post foydali va manfatli bo’lgan bo’lsa do’stlaringizga ulashishni unitmang 😉