React.js Public Papkasi va Uning Statik Resurslari
Summary
Bu maqolamda loyihalarning muhim qismini tashkil etuvchi Public papka haqida boldi. Public Papka Nima? React.js public papkasidagi fayllar va ularning ahamiyati, React.js loyihalaridagi rol va vazifalari.
Category
React.js
Public Folder
Cover
Slug
reactjs-public-papkasi
Date
‣
author
Published
Published
Assalomu Alaykum!.
Keling dastlab 📂Public papkasi uzi nimaligi? haqida qisqacha bilib olaylik.
Nomidan ma’lumki public uzbek tilida ommaviy degan ma’noni bildiradi. Foydalanuvchilar web saytlarga tashrif buyirganda faqat front qismida foydalanuvchilarga to'g'ridan-to'g'ri taqdim qilinadigan barcha statik resurslarni aynan 📂Public papkasida saqlaydi. Static resurslar nima? rasmlar, video, text, meta ma’lumotlar va boshqa shu formatdagi avvaldan saqlangan ma’lumotlar.
Ahamiyati:
Statik Resurslar: Public papkasida saqlangan fayllar (masalan, index.html, tasvirlar, robots.txt, favicon.ico) ilovaning yuklanish vaqtini tezlashtiradi va foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi.
Global Kirish: Ushbu papkadagi fayllar URL orqali to'g'ridan-to'g'ri kirish mumkin, bu esa ularni oson boshqarish va ishlatishga imkon beradi.
SEO va PWA:robots.txt va manifest.json kabi fayllar saytingizni qidiruv tizimlariga optimallashtirishda va Progressive Web App (PWA) imkoniyatlarini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
Qisqacha public papka haqida ham tanishib oldik!.
Endi React.js kutibxonasida public papkasini umumiy structurasi rasmda aks etgan.
Keling, har bir fayl va uning vazifasini batafsil ko'rib chiqamiz:
1. index.html
Vazifasi:index.html fayli React.js ilovasining asosiy HTML shablonidir. Ushbu faylga ilova yuklanadi va div elementi orqali React ilovasi shu yerda render qilinadi.
Tarkibi: Faylda <head> va <body> teglar mavjud bo'lib, title, meta ma'lumotlari, linklar va boshqa HTML elementlari joylashgan. React ilovasi odatda <div id="root"></div> ichida yuklanadi.
2. robots.txt
Vazifasi:robots.txt fayli veb-saytga kiruvchi botlar (masalan, qidiruv tizimlari botlari) uchun qoidalarni belgilaydi. Ushbu fayl orqali siz botlarga qaysi sahifalarni qidiruv tizimlariga qo'shish kerakligini yoki qaysi sahifalarni skanerlashdan cheklash kerakligini aytishingiz mumkin.
Tarkibi: Fayl oddiy matn shaklida bo'lib, unda URL-lar va qoidalar yozilgan, masalan, qaysi URL-larni Disallow qilish kerakligini ko'rsatasiz.
3. manifest.json
Vazifasi:manifest.json fayli veb-ilovaning PWA (Progressive Web App) xususiyatlarini boshqaradi. Bu fayl yordamida ilova qurilmaga qanday ko'rinishda va nomda o'rnatilishi, ikonalar va ranglar kabi parametrlari belgilab qo'yiladi.
Tarkibi: JSON formatidagi fayl bo'lib, unda name, short_name, icons, start_url, display kabi maydonlar mavjud. Bu ilovaning mobil yoki desktopda qanday ko'rinishini belgilaydi.
4. favicon.ico
Vazifasi:favicon.ico - bu saytning brauzer tabidagi kichik ikonka. Bu ikonka foydalanuvchilarga brauzer ichida saytni tanishiga yordam beradi.
Tarkibi: ICO formatidagi fayl bo'lib, odatda kichik o'lchamdagi (16x16 yoki 32x32 piksel) tasvirni o'z ichiga oladi.
5. Logo turlari
Vazifasi: Sayt yoki ilova logotiplarini turli o'lchamlarda va formatlarda saqlash uchun foydalaniladi. Bu logotiplar ilovada yoki PWA o'rnatish jarayonida ishlatiladi.
Tarkibi: Fayllar PNG, SVG, JPG yoki ICO formatlarida bo'lishi mumkin. Har xil o'lchamdagi (masalan, 192x192, 512x512) logotiplar o'rnatiladi.
6. img
Vazifasi:img papkasi tasvirlar uchun mo'ljallangan. Bu yerda ilovada ishlatiladigan barcha tasvirlar saqlanadi, masalan, bannerlar, fon rasmlari, va boshqa grafikalar.
Tarkibi: JPG, PNG, GIF yoki SVG formatidagi tasvir fayllari.
7. data
Vazifasi:data papkasi statik ma'lumotlar yoki JSON fayllarini saqlash uchun ishlatiladi. Ushbu fayllar odatda ilovaga statik kontent yoki boshlang'ich ma'lumotlar berish uchun ishlatiladi.
Tarkibi: JSON yoki boshqa statik ma'lumot formatidagi fayllar.
Bu papkaning maqsadi ilovani tezroq yuklash va statik resurslarni oson boshqarishni ta'minlashdir. Har bir fayl yoki papka o'z vazifasiga ega va ilovaning umumiy ishlashida muhim rol o'ynaydi.